HALOL TADBIRKORGA TAZYIQMI YO SUN’IY BANKROTLIK?

Adolat va qonun ustuvorligi ta’minlanayotgan, tadbirkorlik subyektlari Davlat rahbari tomonidan alohida himoyaga olinayotgan bir paytda, joylardagi ba’zi mas’ullarning xatti-harakatlari jamiyatda jiddiy e’tiroz va savollarni keltirib chiqarmoqda.

Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida deyarli 28 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, 50 dan ortiq fuqaroni muqim ish bilan ta’minlagan hamda davlat budjetiga milliardlab soliq to‘lab, qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratayotgan «Taraqqiyot T» korxonasi bugungi kunda sun’iy tazyiq va nohaq ayblovlar qurboni bo‘lish arafasida.

Nizo va asosiz ta’qiblar ketma-ketligi Korxona va uning ta’sischisi B.Teshaboyev atrofidagi voqealar rivoji shuni ko‘rsatmoqdaki, unga nisbatan ketma-ket va tizimli ravishda bosim o‘tkazib kelinmoqda:

Birinchi nohaq ayblov va uning bekor qilinishi: Ta’sischi B.Teshaboyevga nisbatan 2025-yil 24-sentabrda manfaatdor shaxslarning soxta va g‘arazli arizasiga asosan JPKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Biroq, sinchkovlik bilan o‘tkazilgan surishtiruvlardan so‘ng, 2026-yil 4-aprel kuni JPKning 83-moddasi 1-bandiga asosan ish harakatdan tugatilgan.

Yangi ayblov va qayta tiklangan surishtiruvlar: Shu bilan masala hal bo‘lmadi. Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan 2026-yil 5-iyun kuni sud tugatuvchisi T.Iskandarovning arizasiga asosan JKning 181¹-moddasi (soxta bankrotlik) va 184-moddasi bilan yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Salkam 5 oydan buyon jinoyat ishining goh yopilishi, goh қайта tiklanishi korxona faoliyatiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Prokuraturaning aralashuvi: Avval tugatilgan 168-modda bo‘yicha jinoyat ishi Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan qayta bekor qilinib, jinoiy ta’qib sun’iy ravishda davom ettirilmoqda.

Prezident siyosatiga qarshi to‘siq? Shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan topshiriqlari va davlat dasturlari doirasida «Taraqqiyot T» korxonasiga yo‘l qurilishi maxsus texnikalarini sotib olish uchun 5 milliard so‘m kredit ajratilgan edi.

Demak, bir tomondan Davlat tadbirkorga ishonib sarmoya ajratayotgan bo‘lsa, viloyatdagi ayrim idoralar soxta arizalar asosida uni xonavayron qilish, bankrotlikka yetaklash va faoliyatiga chek qo‘yish bilan ovora.

...Savol tug‘iladi: 28 yillik korxonani sun’iy bankrot qilish kimga kerak? 50 ta oilasiz qoladigan ishchining taqdiri, davlat budjetiga tushmay qoladigan milliardlab soliqlar uchun kim javob beradi?

Talab va murojaat Yuzaga kelgan mazkur murakkab va adolatsiz vaziyat sababli, «Taraqqiyot T» korxonasi rahbariyati va jamoasi quyidagilarni so‘raydi:

Ishni Bosh prokuratura nazoratiga olish: Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan ushbu xolis bo‘lmagan jinoyat ishi va surishtiruvlar тўлиқ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan o‘z nazoratiga olinishi va ish yuritishga o‘tkazilishi;

Shaxsiy qabul tashkil etish: Bosh prokuror N.I.Yo‘ldoshev, Bosh prokuror o‘rinbosarlari yoki Komplayens bo‘yicha mas’ullar tomonidan korxona ta’sischisi va rahbariyatini shaxsan qabul qilib, vaziyatni xolisona o‘rganib chiqilishi.

Halol mehnat qilayotgan, el farovonligi va yo‘llar obodligi uchun hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar jinoiy ta’qib va yashirin tazyiqlardan himoya qilinishi shart!

Xamid Sulaymon

OAV HAQIQAT.UZ maxsus muxbiri